English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik – buyuk va bebaho ne’mat
14:30 / 2025-08-05

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Andijon viloyatida ham bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilayotgan bu tadbirlar ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yurtga sadoqat, tinchlik va osoyishtalikka shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Bolalar tashkiloti viloyat bo‘limi, Milliy gvardiya, Mudofaa bo‘limi hamda viloyat harbiy prokuraturasi hamkorligida Bobur shahrida tashkil etildi. 

[gallery-24613]

“Vatanparvarlik” g‘oyasi asosida uyushtirilgan mazkur festival milliy qadriyatlarimizning zamonaviy armiya bilan uyg‘unligini ko‘rsatdi. 

Tadbirda harbiy texnika namoyishlari, otliq askarlar ishtirokidagi yurish, harbiy xizmatchilar va yoshlar paradi ko‘pchilik diqqatini tortdi. 

Festival doirasida “Vatanparvarlar bog‘i”da tashkil etilgan ko‘rgazmada harbiy anjomlar, maxsus texnika vositalari, zamonaviy qurol-aslahalar namoyish etildi. Qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr tomonidan tayyorlangan konsert dasturi esa tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

- Mustaqillik - buyuk ne’mat, - deydi O‘zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyati bo‘limi bosh sardori Firdavs Mannopov. - Unga erishish qanchalik sharaf bo‘lsa, uni asrab-avaylash, tinch va farovon hayotni qadrlash shunchalik katta mas’uliyat talab qiladi. Buning uchun biz, yoshlar Vatan taqdiriga befarq bo‘lmasligimiz, uning taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishimiz shart. 

Festivaldan olgan taassurotlar har bir yoshning xotirasida uzoq vaqt saqlanishi shubhasiz. Chunki, bu kabi tadbirlar orqali ular mustaqillikning haqiqiy qiymatini anglaydi, tinchlikni asrash, Vatanga xizmat qilish degan ulug‘ tushunchalarni qalbiga singdiradi. 

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA