Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mustaqillik – buyuk ne’mat!” mavzuida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etib, talaba-yoshlarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, adabiyot va madaniyat rivoji, yoshlarga xususan, talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda adabiyotning o‘rni haqida batafsil to‘xtaldi.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida adabiyot va san’at, ilm-fan sohalarida erishilgan yutuqlar, ma’naviy merosimizni asrab-avaylashda yoshlarning roli, yosh avlodga milliy g‘oya va qadriyatlarni yetkazishda adabiy asarlarning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarda milliy o‘zlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA