French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik bayramini yangi binoda nishonlashadi
15:23 / 2021-08-30

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik to‘yi arafasida Asaka tumanidagi Birdamlik hamda Niyozbotir mahalla fuqarolar yig‘inlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimi Mansurbek Alixonov, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mahallalarning yangi idorasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun moslashtirilgan yangi binolar barpo etilib, samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligi ta’kidlandi.  

Mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi davlat sherikchiligi asosida tadbirkor Erkinjon Rasulov tomonidan barpo etildi. Qurilish ishlari davom etmoqda. Bu yerda chevarxona va fitnes klub ham qad rostlaydi. Ularning ishga tushishi bilan o‘nlab yangi ish o‘rni yaratiladi.  

– Hozirda 4,5 ming nafarga yaqin aholi yashaydigan mahallamizning idorasi ta’mirtalab bo‘lib qolgan edi, – deydi Birdamlik MFY raisi Bahodirjon Qo‘shoqov. – Hukumatimizning e’tibori, tuman hokimligining ko‘magi bilan mahalla idorasi uchun yangi bino qurib berilganidan juda xursandmiz. Rais, o‘rinbosarlari, profilaktika inspektori uchun alohida-alohida xonalar mavjud bo‘lgan binoda samarali faoliyat yuritish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.  

Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan mahallaning yangi binosiga mebellar, shuningdek, kompyuter jamlamasi hamda boshqa zarur jihozlar topshirildi.  

[gallery-3666]

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA