Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik bayramiga yangi inshootlar
16:04 / 2025-07-18

So‘xliklar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini yangi qurilgan inshootlarni foydalanishga topshirish bilan kutib olyapti.

Hushyor mahallasi qo‘shni davlat hududiga tutashib ketgan. Bu yerdagi 28-maktabda qishloqning 245 nafar farzandlari tahsil oladi. Maktab binosi ko‘rkam, sinf xonalari keng, yorug‘. Sport zali ham mavjud. Ammo uning zamonaviy futbol maydoni yo‘q edi. Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz arafasida barcha qulayliklarga ega usti yopiq ammo yozgi futbol maydonchasi o‘quvchi va ustozlar jamoasiga topshirildi. Undan ta’tildagi o‘quvchilar foydalanishni boshladi.

– Sport maydonchasidan nafaqat maktab o‘quvchilari balki ushbu hududda yashaydigan barcha yoshlar, avvalo uyushmagan yoshlar samarali foydalanishini tashkil etamiz, – deydi maktab direktori Doniyor Hakimov. – Kelgusida bu yerda rejali ravishda turli musobaqalar tashkil etamiz.  

Maktab direktori Doniyor Hakimov ayni chog‘da tashkilotchi ham ekan. Bir necha yil avval maktab hududida bog‘ yaratdi. Undan olingan daromad hisobidan o‘quvchilarga bepul tushlik berilishini tashkil qildi. Mana endi uning tashabbusi va say’-harakati bilan yangi stadion paydo bo‘ldi.

Saribozorcha mahallasi ahli ham bayram arafasida munosib sovg‘a oladigan bo‘ldi. Gap shundaki, mahallada 2202 nafar aholi, shundan 300 dan ziyod maktabgacha yoshdagi bolalar bor. Ammo ma’nan eskirgan bir qavatli 90 o‘rinli eski bog‘cha binosi bo‘lgan xolos. Aholining haqli talabi qanoatlantirildi. Saribozorcha mahalla fuqarolar yig‘inida yangi, zamonaviy loyihadagi 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurib bitirilmoqda.

– 25 ta nabiram, 4 ta evaram bor. Bog‘chada joy yo‘qligi uchun ularning ko‘pchiligi uyda qolgan edi, – deydi mehnat faxriysi Mayramxon Aliboyeva. – Xalq talabini qondirayotgan davlatimizga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Mahallamizda yangi, juda chiroyli bog‘cha qurilmoqda. Xudo xohlasa uyda qolgan nevara va evaralarim mana shu bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘ladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/T4vVPVVdwT0?si=xZAtzsQWWdWJ4hkH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov