Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qiladi.
Qayd etilishicha, yurtimizda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotgani inobatga olinib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida:
Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi.
Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilar niqob taqishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishi ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi.
M.Toshqorayeva, O‘zA