English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
09:27 / 2024-08-24

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining eng yirik loyihalaridan biri — «Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha» tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida eng yaxshi loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev va «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Saxi Annaqlichev mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlar rivojiga bo‘lgan e’tibor mahallalarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak misolida namoyon bo‘layotganini ta’kidladilar.

Mahallalardan belgilangan tartibga muvofiq tanlovda ishtirok etish uchun 28 ming 356 ta loyiha kelib tushdi.

Mazkur loyihaning yorqin yo‘nalishlaridan biri «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha» respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib, unda tadbirkorlar o‘z biznes loyihalari bilan faol ishtirok etdilar. Mahallalarda amalga oshirilayotgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlovda tadbirkorlar faol ishtirok etdilar. Xususan, tanlovga respublika bo‘yicha 1 189 ta onlayn ariza kelib tushdi.

Loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan bo‘lishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Tanlovga kelib tushgan loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.

Tashkil etilgan tantanali marosimda ko‘rik-tanlov Respublika bosqichining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Eng yaxshi 33 loyiha egalariga O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

N. Usmonova, O‘zA