Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu boradagi sa’y-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.
Sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida bu haqda alohida ta’kidladi.
– Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va to‘liq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik. Ikki yil avval O‘zbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lib saylandi. O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi, – dedi Prezident.
O‘zA