FOTOREPORTAJ
Namangan shahri Yangi asr mahallasida joylashgan “Mustang textile” tikuv korxonasida 170 nafar fuqaro bandligini ta’minlagan. Viloyat eksport salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan mazkur korxonada kuniga 500 dona erkaklar kiyimi ishlab chiqariladi.
Korxona mahsulotlari asosan eksportga yo‘naltirilgan, ichki bozor uchun esa oldindan berilgan buyurtmalar yetkazib beriladi. Mahsulotlar Germaniya, Polsha, Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinmoqda. Joriy yil uchun belgilangan 1 million AQSH dollarilik eksport rejasi bugungi kunga kelib 110 foizga bajarilgan. Ishchilarning oylik maoshi 2,5 milliondan 6 million so‘mgacha yetadi.
[gallery-26627]
Korxona mutasaddilari hozirda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish masalasiga e’tibor qaratgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA