FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Oila institutini mustahkamlashda hamkorlikdagi yangicha yondashuv” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor Mukarram Nurmatova, qo‘mita boshqarma boshlig‘i Rahimaxon Mirholiqova, viloyat hokimining o‘rinbosari Dinara Yoqubova hamda qator idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Dastur doirasida oilaviy munosabatlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, erta nikoh va ajrimlarning oldini olish, reproduktiv salomatlik hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Ishtirokchilarga joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Adliya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ichki ishlar, yoshlar ishlari va migratsiya idoralari vakillari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar qildi.
[gallery-25807]
“Qizlarni oliy ta’limga jalb etish va erta nikohning oldini olish”, “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish”, “Oilada sog‘lom muhitni shakllantirishda hamkorlik asosidagi ishlar” kabi mavzularda fikr almashildi.
Forumda mutasaddilar oilaviy muammolarni hal etishda sohalar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish, har bir tuman va mahallalarda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib oldi.
Oilaviy ajrimlarni kamaytirishda faollik ko‘rsatgan qator hudud vakillari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA