Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustahkam iroda sohiblari
12:34 / 2020-05-01

Termizlik bir tadbirkorni bilaman. Dilafroʻz Karimova.


Termizlik bir tadbirkorni bilaman. Dilafroʻz Karimova. Maqola ushbu tadbirkor haqida boʻlsa kerak, dersiz. Yoʻq, maqola uning boshchiligidagi korxonada mehnat qilayotgan xodimlar haqida.

Tadbirkor tashkil etgan “Gulbahor Nurli Kelajak” MCHJda imkoniyati cheklangan insonlar mehnat qiladi. Ular maktab formalari, tashkilot va korxonalar uchun maxsus ishchilar kiyimi tikish bilan mashgʻul. Mustahkam iroda egalari buyurtmalarni tayyorlash jarayonida oʻzlaridagi kamchilikka eʼtibor qaratmaydi ham. Mahsulotni oʻz vaqtida, sifatli tayyorlash uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni turmush darajasini yaxshilash, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, ular uchun qulay mehnat sharoitini yaratishga doimiy eʼtibor qaratilgan. Buni biz maqolada keltirgan korxona misolida ham koʻrishimiz mumkin.

Mazkur korxona eski binoda joylashgan boʻlib, soʻnggi yillarda taʼmirtalab holga kelib qolgan edi. Bino tadbirkor opa tasarrufiga oʻtkazilib, uning bir qismi viloyat prokuraturasining 400 million soʻmlik koʻmagi evaziga qayta taʼmirlandi. 40 oʻrinli yotoqxona, barcha sharoitlar yaratilgan oshxona ishchilar ixtiyoriga topshirildi. Viloyat hokimligidan ajratilgan 200 million soʻm bilan esa qolgan ikkinchi qismi taʼmirlanmoqda. Ayni paytda binoning taʼmirdan chiqqan qismidagi sexda 34 nafar xotin-qiz tibbiyot xodimlari uchun xalatlar, tibbiy niqob tikish bilan band. Ular karantin davrida oʻz foydali mehnatlari bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda.