Bugun mamlakatimizda qurilayotgan imoratlarning aksariyati osmono‘par, baland-baland qavatli uylardan iborat. Chunki, aholi sonining o‘sishi tufayli odamlarning boshpanaga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda.
Baland imoratlarning qurilgani yaxshi. Ammo ularning mustahkamligi, zilzilabardoshligiga qanday kafolat beriladi? Zilzilabardosh imoratlar qurilishida qanday innovatsion tajribalarga tayanilyapti? Bu borada xalqaro hamkorlik natija beryaptimi?
Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Zilzilabardosh qurilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan xalqaro seminar”da shu kabi savollarga to‘xtalib o‘tildi.
Mazkur seminar tashkilotchilari Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Berklidagi Kaliforniya universitetidir.
Seminarning asosiy maqsadi zilzilabardosh qurilish va mintaqamizda seysmik faollik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadqiqot olib borayotgan dunyoning kuchli ekspertlari va olimlar o‘rtasida fikr almashish uchun tajriba maydoni yaratishdan iboratdir.
Xorijiy davlatlar ekspertlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish hamda yangi ilmiy tadqiqot loyihalarini shakllantirish, kelgusi tadqiqotlarga yo‘l xaritasi va tavsiyalar ishlab chiqish tadbirning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ushbu tadbirning o‘tkazilishi xalqaro aloqalarni kengaytirish, seminar ishtirokchilarining mavjud aloqalarini mustahkamlash va kelajakdagi hamkorlikka yo‘l ochadi. Bu esa innovatsion loyihalarni samarali amalga oshirish uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda dolzarb muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek, ta’lim va ilm-fanning o‘zaro uyg‘un ta’sirini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_mlxjTCmNrw?si=joCPWS19T-HhNlfl" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Abror Sodiqov (video),
Iskandar Ismatov (montaj), O‘zA