Mustafayev Axror Lukmanovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida oshqozon osti bezi shikastlanishini diagnostikada va davolashda endovizual texnologiyalar» mavzusida
Mustafayev Axror Lukmanovichning 14.00.27 – «Xirurgiya», 14.00.40 – «Shoshilinch tibbiyot» ixtisosliklari bo‘yicha «Qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida oshqozon osti bezi shikastlanishini diagnostikada va davolashda endovizual texnologiyalar» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 25-oktyabr kuni 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Ankabay ko‘chasi, 6-uy.
Tel: +998 66 233 08 41; faks: +998 66 233 71 75
e-mail: sammu@sammu.uz