French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musodara qilingan 16 ta yengil mashina auksionda sotiladi
20:37 / 2024-09-21

MIB Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bo‘limi sud qarori bilan davlat daromadiga musodara qilingan chet elda ishlab chiqarilgan 16 turdagi yengil avtomobilni auksion savdosiga chiqardi.

Gap shundaki, chet ellik Nodir Valiyev tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida tovarlar va transport vositalari uchun belgilangan tartibni buzib, mamlakatimizdan olib o‘tishga uringan chog‘ida uning harakatlariga chek qo‘yildi. Soxta davlat raqamlar bilan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga uringan vaqtida siri fosh bo‘lib qoldi.  

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mazkur harakat Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudida atroflicha ko‘rib chiqildi. Qonunbuzar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, chet elda ishlab chiqarilgan avtomashinalar davlat daromadiga musodara qilinishi belgilandi.

Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi davlat ijrochisi Botir Sadatov ijro hujjatlari bo‘yicha 16 turdagi aksariyati “Opel” rusumidagi yengil avtomashinani xatlovga olib, realizatsiya qilish uchun malakali mutaxassis yordamida baholatib, boshlang‘ich narxi 64 million so‘mdan 104 million so‘mgacha bo‘lgan qiymatda 1 milliard 178 million so‘mga auksion savdolariga chiqarildi.

Ochiq auksion savdosidan tushgan pul mablag‘lari davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri