Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musobaqalar qizg‘in davom etmoqda
20:20 / 2017-05-26

Jizzax shahrida «Barkamol avlod – 2017» sport o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni qator sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Jizzax shahrida «Barkamol avlod – 2017» sport o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni qator sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo va yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi. Bellashuvlarda Toshkent viloyati vakillari eng ko‘p ochko to‘plab, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Xorazm, uchinchi o‘rin Samarqand viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha umumjamoa hisobida Buxoro viloyati sportchilari birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahri, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyati jamoalari egalladi.

2 (6).JPG

Jizzax politexnika institutida voleybol bo‘yicha uchinchi o‘rin uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Qizlar o‘rtasida Xorazm viloyati terma jamoasi vakillari farg‘onalik tengdoshlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali bilan taqdirlandi. O‘smirlar o‘rtasida Andijon viloyati terma jamoasi qashqadaryolik sportchilarni 3:2 hisobida yengdi.

Qo‘l to‘pi va basketbol bo‘yicha bronza medallari uchun musobaqalar yakunlandi. Qo‘l to‘pi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyati, o‘smirlar o‘rtasida Jizzax viloyati terma jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi. Basketbolchi qizlar bahslarida Toshkent shahri, o‘smirlar o‘rtasida Samarqand viloyati vakillari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Ushbu sport turlari bo‘yicha final musobaqalari 27-may kuni o‘tkaziladi.

Musobaqalarning ikkinchi kuni yengil atletika, suzish, futbol kabi sport turlari bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.