Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musobaqada opa-singillar gʻolib boʻlishdi
16:06 / 2018-11-12

2003-2012 yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida oʻzbek jang sanʼati boʻyicha viloyat ochiq chempionati oʻtkazildi.


Oʻrta Chirchiq tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida 2003-2012 yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida oʻzbek jang sanʼati boʻyicha viloyat ochiq chempionati oʻtkazildi.

10 ga yaqin vazn toifasida oʻtkazilgan musobaqada 100 dan ziyod sportchi gʻoliblik uchun kurashdi.

Qizlar oʻrtasidagi janglarda opa-singil Laziza va Shabbona Erkinjonovalarning muxlislar tomonidan yuqori baholandi. Bu esa eʼtirofsiz qolmadi. Ular oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda esa oliy oʻringa ikki oʻsmir munosib koʻrildi. Yakunda Bunyodbek Solijonov va Ozodbek Amonov 1 oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblariga tashkilotchilarning medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.