FOTOREPORTAJ
Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Andijon viloyatida qator madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda faol dam olishni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
[gallery-26187]
Tadbir Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi hamda sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqa sport ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada keng targ‘ib etish hamda ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadiga qaratildi.
Bellashuvlar qizg‘in va ruhlantiruvchi kayfiyatda o‘tdi. Jamoalarning jipsligi va bellashuv ruhi barchada katta taassurot qoldirdi.
Bo‘ston tumani jamoasi birinchi, Izboskan tumani jamoasi ikkinchi hamda buloqboshilik ishtirokchilar uchinchi o‘rinni egalladi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA