FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalarning Surxondaryo viloyati bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 90 nafar yosh sportchi ishtirok etdi.
[gallery-12116]
Qizg‘in tus olgan musobaqaning 16-21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bahsida Qumqo‘rg‘on tumani Besh qahramon mahallasidan I. Nuraliyev, qizlar o‘rtasida Uzun tumani Malandiyon mahallasidan N. Islomova, 22-26 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida Uzun tumani Malandiyon mahallasidan S. Ahmedov, qizlar bahsida Termiz shahri A. Navoiy mahallasidan L. Normurodova hamda 27-30 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida Uzun tumani Oqostona mahallasidan N. Karimov va qizlar bahsida Uzun tumani Oqostona mahallasidan X. Jumayeva g‘olib bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA