French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musobaqa qizg‘in pallaga kirdi
18:23 / 2015-10-12

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent kuzi” turniri davom etmoqda. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 150 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz kuch sinashmoqda.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent kuzi” turniri davom etmoqda. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 150 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz kuch sinashmoqda.

Musobaqaning “A” guruhida Odil Rahmon, Saidakbar Saidaliyev, Georgiy Shvanov o‘tkazilgan olti turda besh ochkodan jamg‘arib, turnir jadvalining kuchli uchligida bormoqda. Sirojiddin Najmiddinov, Abdumalik Abdusalimov, Boris Lebedov, Elbek Jumanov hisobida 4,5 ochkodan bor.

«V» guruhidagi bahslarda sirdaryolik Bobur Eshboyev olti imkoniyatdan barchasida g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan qashqadaryolik Umar Isomov hisobida 5,5 ochko bor. Navoiylik Mehriddin Yo‘ldoshev to‘rt g‘alaba, ikki durang natija bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahsida “A” guruhida ishtirok etayotgan Rayhon Doniyorova olti imkoniyatdan to‘rttasida g‘alaba qozondi. Umida Chorshanbiyeva ikkinchi, Mohim Orzumuhammedova uchinchi o‘rinda bormoqda.