English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musobaqa muvaffaqiyatli boshlandi
21:58 / 2014-11-19

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha I Afro-Osiyo chempionatining dastlabki kunida sportchilarimizdan Manzuraxon Mamasoliyeva va Marina Sisoyeva oltita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2c (22).jpg

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha I Afro-Osiyo chempionatining dastlabki kunida sportchilarimizdan Manzuraxon Mamasoliyeva va Marina Sisoyeva oltita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

58 kilogrammgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida ishtirok etgan M.Sisoyeva dast ko‘tarishda 87 kilogramm, siltab ko‘tarishda 117 kilogramm natijani qayd etdi. Ikkikurash yakuniga ko‘ra 204 kilogrammlik marrani egallagan atletimiz yakunda uchta kumush medal sohibiga aylandi. 

1c (41).jpg

M.Mamasoliyeva 69 kilogramm vazn toifasida dast ko‘tarish bahslarida 95 kilogramm, siltab ko‘tarishda 125 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko‘ra 220 kilogramm natija bilan musobaqaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Xalqaro turnir davom etmoqda.