Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musiqa va san’at maktabi yangi binoda
16:36 / 2026-01-01

Buxoro viloyati Vobkent tumanida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8-sonli musiqa va san’at maktabi pedagog jamoasining o‘z tajriba maktabi, muvaffaqiyatlar yo‘li bor, albatta.

Yarim asr davomida bu san’at va musiqa dargohi o‘nlab, yuzlab yosh iste’dodlarni yetishtirib chiqargan bo‘lsa, ular yillar davomida xalqimiz boy madaniy va musiqa merosini avlodlarga yetkazishda kamarbasta bo‘lmoqda. Bugunga kelib dargohda 33 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis o‘qituvchi tomonidan 275 nafar o‘quvchiga san’at sirlari puxta o‘rgatib kelinmoqda. 

Yangi yil bayrami oldidan ta’lim maskani jamoasi yangidan barpo qilingan 100 o‘rinli binoga ega bo‘ldi. Ochilish marosimida tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari, madaniyat bo‘limi mas’ullari, maktab jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

Joriy yilda musiqa va san’at maktabi moddiy-texnik bazasini  rivojlantirish va zarur jihoz, inventarlar bilan ta’minlash maqsadida  “Tashabbusli byudjet”  loyihasining 1,5 milliard so‘m mablag‘i hisobidan 100 o‘rinli yangi bino barpo qilingan bo‘lsa, tuman hokimligi tashabbusi bilan 70 million so‘m evaziga moddiy texnika bazasi mustahkamlandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.