French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musiqa fanlarini o‘qitishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
21:20 / 2023-10-31

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish, qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Musiqa fanlarini o‘qitish metodikasi: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.  

Unda mamlakatimizda ko‘plab oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan musiqashunos olim va mutaxassislar, talabalar ishtirok etdi.  

Soha vakillari ta’limda musiqa fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolari, musiqa fanlarini o‘qitishning innovatsion imkoniyatlari, ta’lim jarayonida an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlardan foydalanish, musiqani o‘rganishda mustaqil ta’limning ahamiyati, faoliyatni o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar xususida atroflicha fikr almashdi.  

Konferensiya yakunida mutaxassislar tomonidan musiqa fanlarini o‘qitishning samarali usullariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

M.Qosimova,  

O‘zA