Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mushoira” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
11:42 / 2024-09-21

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, chekka hududlarda iqtidor egalarini kashf etish maqsadida “Mushoira” tanlovining Navoiy viloyat bosqichi o‘tkazildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yil mavsumida mahalladagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida 26 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalarda ishtirok etish maqsadida viloyatdagi jami 321 ming 345 nafar yoshdan 264 ming 121 nafari onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan.

– Olimpiada doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yosh kitobxon oila”, “Yosh kitobxon”, “Zakovat”, “Zukko kitobxon”, “Mushoira” kabi tanlovlar o‘tkazilmoqda, – deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Bahromov. – Birgina “Mushoira” tanlovi to‘rtta bosqichda tashkil etiladigan bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirib, 16-30 yosh toifasida 8 ming nafardan ortiq yoshlar platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan. Tanlovning dastlabki bosqichlarida 7 ming 785 nafar yoshlarimiz ishtirok etgani esa quvonarlidir.  

Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni G‘ozg‘on shahar “Shayxon” MFY ishtirokchisi Gulifar To‘xtayeva, 2-o‘rinni Nurota tumani “Jarma” MFY ishtirokchisi O‘lmas Rayimqulov, 3-o‘rinni esa Navoiy shahar “Hayot” MFY ishtirokchisi Flora Uzoqova egaladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri