Mushoira etadi davom
Samarqandda davom etayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida "Shoir bilan uchrashuv" hamda "Ustoz-shogird an’anasi" deb nomlangan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda samarqandlik shoir-yozuvchilar bilan birga poytaxtdan tashrif buyurgan ijodkorlar – Qutlibeka Rahimboyeva, Asror Mo‘min, Turob Niyoz ishtirok etdi. Shoir va yozuvchilar ijod bo‘stoniga ilk qadam qo‘yayotgan yoshlarning ijod namunalarini tinglab, ularga o‘z tavsiyalarini berdi.

bugungi ijodiy jarayon haqida fikr almashib, ijodiy kamolotga erishish yo‘lida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi. Tadbirlar mushoira bilan davom etdi. Eng faol ishtirokchilar kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Yoshlar festivali tadbirlari davom etmoqda.



G‘.Hasanov,
A.Isroilov (surat), O‘zA