Mushakbozlik bo‘lmaydi
Bugun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 22 million so‘mlik pirotexnika vositalarning noqonuniy savdosi oldi olindi.
1996 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro Sh.T. pirotexnika vositalari oldi-sotdisi bilan muntazam shug‘ullanib kelib, 22 million so‘m evaziga, jami 28 dona “VOLK” nomli, 9 dona “3D” nomdagi mushak (salyut) pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ushbu vositalari esa tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA