Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Musaffo ranglar jilosi» tanlovi bo‘lib o‘tdi
14:56 / 2021-05-22

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi 42-umumta’lim maktabida imkoniyati cheklangan bolalar ishtirokidagi «Musaffo ranglar jilosi» tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Nurota tuman Xalq ta’limi boshqarmasi, tuman ma’naviyat bo‘limi hamda O‘zLiDeP Nurota tuman kengashi hamkorlikda tashkil etgan tanlovga tumandagi barcha imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M. Istamova hamda T.Rajabovlar ko‘rik-tanlov qatnashchilari uchun sovg‘a-salomlarni o‘z hisobidan tashkil qilishdi.

Shu kuni 20 nafardan oshiq bolalarning ijodiy ishlari ko‘rildi, ulardagi tasvir va tasavvurning kengligi taqqoslandi.  «Bu — mening quyoshim!», dedi yosh ishtirokchilardan biri o‘zi chizgan suratni tasvirlay turib.

Ruhan tetik yosh musavvirlar kelajaklari haqidagi orzularini, bugunning qadrdon tuyg‘ularini ranglarga solishdi.

Tadbir yakunida Xalq deputatlari Navoiy viloyati deputatlik guruhi rahbari M.Eshniyozov so‘zga chiqib, bo‘lajak rassomlarga davlatimiz va jamiyatimizning yuksak ishonchi borligini ta’kidladi.

M.Pirnafasova,

O‘zLiDeP Navoiy viloyati matbuot xizmati