Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musa Aymuratov “Satellite” xalqaro turnirida tengsiz
10:36 / 2025-09-29

Belgiyada qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan “Satellite” xalqaro turnirida O‘zbekiston, Argentina, Avstraliya, Belgiya, Chexiya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Niderlandiya kabi davlatlardan kelgan 145 nafar sportchi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Musa Aymuratov yarim finalda ispaniyalik Santiago Madrigalni 15:10 hisobida taslim etgan bo‘lsa, final bellashuvida ukrainalik Andrey Yagodkani 15:12 hisobida yengdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ushbu xalqaro turnirning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Zaynab Dayibekova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA