Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muruvvat uyidagi erkaklarga ID-kartalari topshirildi
17:43 / 2023-07-05

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi rahbariyati tomonidan ushbu muassasada yashovchi nogironlarning ayrimlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib berishda yordam so‘rab Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilingan edi.

Ta’kidlash lozimki, bu yerdagi ayrim shaxslar muloqot qilish, o‘z fikrlarini bayon etish imkoniyatiga ega emas. Ombudsman mintaqaviy vakili ushbu masalada tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Murojaat mutasaddilar tomonidan o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etildi.  

Ombudsmanning Buxoro mintaqaviy vakili, Davlat bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasi va IIB bilan hamkorlikda Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyida tadbir tashkil etilib, vasiylikka olingan fuqarolarning 7 nafariga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalari topshirildi.  

Ma’lumot uchun, internat uyida 300 nafardan ortiq erkak davlat tomonidan vasiylikka olingan bo‘lib, muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlangan va infratuzilmasi yaxshilangan. Vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalar tatbiq etilib, qulay sharoitlar yaratilgan.  

Ijtimoiy moslashtirish va ularga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.    

Zarif Komilov, O‘zA