Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Muruvvat” uyida bayram tadbiri
12:02 / 2025-11-17

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Nukus TIF” bojxona posti xodimlari tomonidan Nukus shahridagi “Muruvvat” nogironligi bor ayollar internat uyidagi shifokor va hamshiralar mehnatini e’tirof etish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan inson salomatligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan ushbu muassasa xodimlariga minnatdorchilik bildirilib, ularning og‘ir, ammo sharafli mehnati yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.Tadbir davomida jonli kuy-qo‘shiqlar, samimiy tilaklar va iliq so‘zlar yangradi.

“Muruvvat” uyida o‘tgan bayram tadbiri xalqimizga xos mehr va ezgulik ruhini yana bir bor namoyon etdi. Bunday tadbirlar jamiyatda insonparvarlik va g‘amxo‘rlik muhitini yanada mustahkamlashi qayd etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA