Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Muruvvat” uyida bayram nishonlandi
18:26 / 2025-08-28

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Xivadagi nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat” internat uyida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir viloyat hokimligi, bojxona boshqarmasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazildi. 

Unda internat tarbiyalanuvchilariga kundalik hayotda zarur bo‘lgan anjomlar topshirildi. Shuningdek, ularni mehr va sadoqat bilan parvarishlayotgan internat xodimlari ham bayram munosabati bilan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-25020]

Bayramning badiiy qismida Xiva tumani madaniyat bo‘limi ijodkorlari chiqish qilib, qo‘shiqlar, raqslar hamda she’riy kompozitsiyalari bilan tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir nafaqat internat tarbiyalanuvchilari, balki ularning xizmatini fidoyilik bilan ado etayotgan muassasa xodimlariga bo‘lgan e’tibor va izzat-hurmat ifodasidir.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari