English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilariga quvonch ulashildi
17:34 / 2024-05-31

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat” internat uyida tuman hokimligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.  

Zamonaviy reabilitatsiya vositalari bilan jihozlangan “Muruvvat” uyida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni hayotga moslashtirish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Ularga qaratilayotgan e’tibor tufayli yilning o‘tgan davrida 13 nafar tarbiyalanuvchi mustaqil harakatlanish baxtiga muyassar bo‘ldi. To‘shakda yotib qolgan 20 nafari o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatmoqda. Barcha sharoitlarga ega maskanda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olish va para sport turlariga jalb etilayotir. To‘garaklarda rassomchilik, amaliy bezak, to‘quvchilik va kashtachilik o‘rgatilmoqda. Ijodkorlik qobiliyati shakllantirilib, mustaqil izlanish, ishlash ko‘nikmasi hosil qilinayotir.  

Bolajonlarning eng serzavq shodiyonasiga bag‘ishlangan tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Anvar Normamatov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayev va boshqalar bu yerda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Sovg‘alar ulashdi. Qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.  

Ayni paytda “Muruvvat uyi”da to‘rt yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogiron, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 150 nafar vasiylikka olingan bola tarbiyalanmoqda. Ularga 200 dan ortiq xodim tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatadi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri