Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnomaning mohiyati fuqarolarga yetkazilmoqda
08:00 / 2021-01-11

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib barcha sohalar qatori O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi vakillari ham o‘z oldiga aniq va maqsadli vazifalarni qo‘ydi. Hozirda partiya tomonidan joylarda Murojaatnomadan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni hamda partiyaning maqsadini fuqarolarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri «Farg‘ona xalqaro aeroporti» MCHJda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazildi. Unda partiyadan saylangan viloyat va Farg‘ona shahar Kengashi deputatlari, aeroport xodimlari ishtirok etdi.

2021 yil mamlakatimizda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilindi. Albatta, bu bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarni partiya o‘z oldiga belgilab oldi. Xususan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yurtdoshlarimizni ish bilan band qilish, oilaviy iqtisodiyotlarini mustahkamlashlariga ko‘maklashish O‘zLiDePning birinchi galdagi vazifalari sirasiga kiradi. Bu yo‘lda ayniqsa, tomorqadan samarali foydalanish, yilligi 3-4 marotaba hosil olish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan yilda partiya xodimlari va deputatlar hududlarda yurib, fuqarolarga bu bo‘yicha mahorat darslarini o‘tgani, bir guruh ehtiyojmand oilalarga bodring, pomidor, qalampir, bulg‘or qalampirining minglab ko‘chatlarini bepul tarqatilgani fuqarolarga pandemiya davrida ayni muddao bo‘ldi. Boisi karantin davrida bir qator oziq-ovqat mahsulotlari o‘z tomorqalarida yetishtirib, ortiqcha sarf-xarajatlarga barham berdilar.

So‘z olganlar yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidlashdi. Shuningdek, ishtirokchilarga Murojaatnomadan o‘rin olgan tashabbuslar haqida ma’lumot berilar ekan, tibbiyot sohasiga alohida urg‘u berildi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zLiDePdan saylangan Farg‘ona viloyati Kengashi deputati, Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori Feruzaxon Madaliyeva pandemiya saboqlaridan kelib chiqqan holda, tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lami yanada kengaytirilayotganini, jumladan, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o‘tkazish choralari ko‘rilayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina yo‘lga qo‘yilib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

Tadbir doirasida aeroportning bir guruh ishchi-xodimlari O‘zLiDeP safiga qabul qilinib, ularga partiyaga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, partiyaning faol yoshlari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi