Murojaatnomadagi vazifalar ijrosida deputatlar faollik ko‘rsatadi (+video)
Davlatimiz rahbarining parlament va xalqimizga Murojaatnomasida belgilab berilgan 6 ta ustuvor yo‘nalish O‘zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur Murojaatnomada shu paytgacha qo‘lga kiritilgan yutuq va marralarimiz alohida e’tirof etilib, kelgusi yillardagi muhim maqsadlar, dolzarb tashabbuslar ilgari surildi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Xushvaqt Hayitov o‘z munosabatini bildirar ekan, Murojaatnomada qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar, albatta, faollik ko‘rsatishini ta’kidladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EAW4kdPY7-c?si=Z-fcLrkENwdUl9yC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Iskandar Ismatov (video),
O‘zA