Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda
20:53 / 2022-12-29

Namanganda Oliy Majlis Senati a’zosi, “ANAMED” tibbiyot markazi rahbari, O‘zLiDeP faoli Nosirbek Abdullaxonov tashabbusi bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Akademik Mahmud Salohiddinov nomidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan 4-sonli davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan seminarda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Namangan shahar hokimligi mutasaddilari, umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.  

Seminarda Namangan shahridagi maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrovi bo‘yicha orqada qolayotgan “qizil chiziq”dagi 7 ta maktab o‘rtasida yoshlarni eng ko‘p oliygohlarga jalb qilish borasida tanlov e’lon qilindi. Tanlov shartlariga ko‘ra, unda g‘olib chiqqan maktab jamoasiga 40 million so‘m miqdoridagi mukofot puli berilishi belgilandi.

Shuningdek, anjumanda Finlyandiya tajribasi asosida ta’lim jarayonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha namuna sifatidan tanlangan Namangan shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari Yevropa davlati ta’lim standartlariga asoslangan ta’lim tajribasi taqdimotini ko‘rsatdi. Amaliy seminar yakunida 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktabining 10 nafar o‘quvchisiga Senat a’zosi Nosirbek Abdullaxonov tomonidan an’anaviy tarzda tanlov asosida berib kelinayotgan navbatdagi “Senator stipendiyasi” topshirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA