Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi muhokamada
Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Toshkent shahar bo‘linmasi hamkorligida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi" mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, islohotlar samaradorligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi masalalari muhokama qilindi.


Davra suhbati davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilishi, ijtimoiy buyurtmalar tizimini raqamlashtirish hamda ushbu yo‘nalishdagi moliyalashtirish hajmini oshirish rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida hamkorlik yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA