Murojaatnoma: Yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard dollardan oshdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi. Murojaatnomada mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘zgarish va natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Darhaqiqat, bugungi kunda jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu Murojaatnomada alohida qayd etildi.
–Bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi, – dedi Prezident.
Bu boradagi sa’y-harakatlar mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlanib, aholi farovonligi yildan-yilga oshib borishiga zamin bo‘ladi.
M.Komilova,
O‘zA