Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma targ‘ibotiga bag‘ishlandi
13:03 / 2023-01-10

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy bilimini yanada oshirish maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Oltinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan tadbirga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova qatnashdi.  

Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili Davlat rahbarining 2022 yilning 20 dekabridagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda  qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda inson huquqlarini himoya qilishda Ombudsman institutining roli va asosiy vazifalariga ham to‘xtalib o‘tdi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA