Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
18:44 / 2021-01-22

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida ham targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nukus tumanidagi «Qirontov» va «Baqanshaqli» ovul fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, tarix fanlari doktori F.Ernazarov, Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi T.Abdullayev, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti professori G.Mambetkarimov va tuman hokimi o‘rinbosarlari M.Tajetov va S.Abatovalar ishtirok etdi.

[gallery-884]

Targ‘ibot guruhi a’zolari joriy 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida mamlakatimizda inson manfaati va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshiriladigan tizimli ishlar, qonun ustuvorligi, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha yig‘ilganlarga keng tushuncha berdi.

Shuningdek, tadbir doirasida jamoat ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar hamda iqtidorli yoshlar rag‘batlantirildi.  

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA