Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi
12:04 / 2022-12-24

Buxoroda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.

– Kuni kecha barchamiz yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim hisoblangan tarixiy voqelikka guvoh bo‘ldik, – dedi  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘riinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kamol Jumaniyozov. –Ya’ni Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatini keng jamoatchilik bilan bir qatorda biz O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari ham zo‘r hayajon va iftixor bilan tingladik. An’anaga muvofiq, Prezident murojaatnomasida yakunlanayotgan yil sarhisob qilinishi bilan bir qatorda 2023 yilda mamlakatimizni barcha jabhalarda rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Avvalambor, 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi kun sayin jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan O‘zbekistonda inson qadrining yuksalib borayotganligi, qolaversa taraqqiyotning omili hisoblangan ilm-fanga kelajakning asosiy poydevori va sarmoyasi sifatida yondashilayotganidan dalolatdir.

– Prezidentimizning “Biz Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilayapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir”– deya ta’kidlagan fikrlari diqqat markazimizda bo‘ldi, – deydi  Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Alixan Umarov. – Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida imkoniyati cheklangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash, kasb-ta’limni o‘rgatish bo‘yicha ijtimoiy yondashuvga katta e’tibor berilmoqda. “Ishga marhamat” monomarkazida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi.

[gallery-10065]

Shuningdek, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning kasbiy ko‘nikmalar olishi, bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda yangi ish o‘rinlarini shakllantirish ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlarini tizimli o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.

2023 yilda monomarkazda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash ishlari davom ettirilib, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash chora-tadbirlari har tomonlama kuchaytiriladi. Xotin-qizlarning chinakam baxtli yashashi, ularning intellektual va kasbiy yuksalishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha xodimlaridan aniq javoblar oldi.  

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA