Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma joylarda o‘rganilmoqda
14:57 / 2026-01-07

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan kasaba uyushmalari oldidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida seminar tashkil qilindi.

Seminarda  Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi raisi Oltiboy Rajabov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva, kengash mas’ul xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, yirik boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari hamda faollar, olimlar, ekspertlar  ishtirok etdi.

– O‘zbekiston tarixida ilk bora Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda birinchi marta Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma bilan chiqqan,  shundan buyon Prezidentimizning har bir Murojaatnomasi xalqimiz  tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, chuqur e’tibor bilan tinglanadi. Murojaatnoma  O‘zbekistonda davlat boshqaruvini zamonaviy bosqichga olib chiqqan samarali mexanizmdir, – deydi  Gulsara Qurbonboyeva.– Navbatdagi Murojaatnomada ham eng muhim va hayotiy masalalarga urg‘u berildi.  Prezidentimiz tomonidan 2026 yil  – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili,  deb e’lon qilingani esa xalqimiz uchun juda manfaatli islohotlar uchun dasturilamal bo‘ldi.  

[gallery-27016]

Tadbirda Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish   atroflicha muhokama qilindi.

Kasaba uyushmalari fuqarolik jamiyatining eng ommaviy va ta’sirchan institutlaridan biri sifatida islohotlarni amalga oshirishda har doim faol ishtirok etib kelayotgani e’tirof qilinib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga tatbiq etishda kasaba uyushmalari tizimi ishonchli ijtimoiy tayanch sifatida faol ishtirok etishi lozimligi alohida qayd etildi.

Ahmadjon Shokirov, 

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari