Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma islohotlarning uzviy davomiyligini ta’minlaydi
12:38 / 2021-01-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga navbatdagi murojaatnomasini katta hayajon bilan tingladik.

Murojaatnomada mamlakatimiz rahbari demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yagona yo‘l ekanligini alohida ta’kidladi va 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”dagi Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, bu yildagi ishlarimizni 2021 yilda ham davom ettirib, xalqimiz bilan birgalikda 2021 yilda mamlakatimiz hayotida barcha sohalarda tub islohotlarni davom ettirishimizni ta’kidlab o‘tdi. Murojaatnomada 2020 yil butun dunyo singari mamlakatimizda ham tub burilish yili bo‘lganligi alohida ta’kidlandi. Ushbu yilning naqadar og‘ir, sinovli, tashvishlarga boy yil bo‘lganligini har birimiz his etdik. Ammo “Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tmoqdamiz” dedi mamlakat rahbari o‘z Murojaatnomasida.

Prezident o‘z so‘zida kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘lishi, bu tarixiy sanani butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilinishini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlayotganligi va shu nuqtai nazardan aholi salomatligini mustahkamlash kelgusi yilda ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolishi bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, mamlakatimiz hayotining barcha sohalariga oid islohotlar davom ettirilishi asoslab berildi.

Xususan, Davlat boshqaruv sohasida, sud-huquq tizimida, ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, soliq va bank tizimi, ishlab chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish,tibbiyot, madaniyat, ilm-fan, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, yoshlarni qo‘llab quvvatlash, xotin-qizlar muammolarini yechish, mahallalarda faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyatini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarimizni davom ettirish hamda yuqori bosqichlarga chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Ayniqsa, ta’limning barcha sohalarida ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim islohotlarini davom ettirish, muallimlarga yaxshi sharoitlar yaratish rejalashtirilganligini, oliy ta’lim sohasida magistratura, doktorantura va ixtisoslashtirilgan kengashlar faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish masalalari, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, jamiyatimizda ayollar o‘rni va nufuzini oshirishga alohida e’tibor berilishini, kambag‘allikni qisqartirish uchun kompleks muammolarni hal etish, diniy erkinlikni ta’minlash va yoshlarni qo‘llab quvvatlab ularni ertangi hayotga munosib kadr bo‘lib yetishishlarida barcha imkoniyatlarni yaratib berilishini, inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligiga qaratilgan islohotlar 2021 yilda ham davom ettirilishini ta’kidlab o‘tdilar. Bu esa mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar ekanligini ko‘rsatadi. 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi bu albatta chuqur o‘ylangan dasturdan darak beradi. Xususan ushbu yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilinishi 2020 yil dunyoda, jumladan, mamlakatimizga pandemiya holatining kirib kelishi, hali ham ushbu kasallikning borligi, yurtimizda karantin qancha davom etishi noma’lum bo‘lsada, xalqimizni birlashib, sog‘lom muhitni shakllantirish va mamlakatimizni dunyo miqyosiga olib chiqib farovon hayotni ta’minlashga qaratilgan siyosatdan darak beradi.

Abira Huseynova,

falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi a’zosi.