Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUROJAATNOMA: Chekka hududlardagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar hal etiladi
19:18 / 2021-02-01

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida barcha sohalar qatorida energetika va neft-gaz tarmoqlarini isloh qilish va ushbu tizimlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Ushbu talablardan kelib chiqib, Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda Murojaatnoma mazmun-mohiyatini o‘rganish va unda ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro apparati, tarkibiy korxonalar rahbarlari va mutaxassislari, hududdagi korxonalar mehnat jamoalari vakillari (onlayn) hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan bugungi tadbir ham Murojaatnoma targ‘ibotiga bag‘ishlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov, Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov va boshqalar Murojaatnoma O‘zbekistonning joriy yil va yaqin istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik hujjat bo‘lib, unda bironta soha chetlab o‘tilmagani, xususan, elektr energetikasi tizimi iqtisodiyotimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etishi, sohada amalga oshirilishi kutilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda so‘z olganlar nafaqat energetika sohasi, balki Murojaatnomadagi vazifalar, istiqbolli loyihalar, har bir sohani rivojantirish yo‘lidagi muhim yo‘nalishlar tahliliga ham e’tibor qaratdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.Karimjonovning ta’kidlashicha, Murojaatnoma ijrosi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir ilgari surilgan g‘oyalar o‘ziga xos va amaliyot uchun foydalidir.

– Shuni alohida qayd etish joizki, Murojaatnomada mamlakatimiz energetika tarmog‘ini rivojlantirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar o‘z ifodasini topdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 130 ming kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini tasdiqlash hamda amaliyotga tatbiq etish borasida ko‘rsatma berdi. Bunday uzoq muddatga mo‘ljallangan hamda keng qamrovli ishlarning amalga oshirilishi chekka hududlarimizda elektr energiyasi bilan vujudga kelayotgan muammolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Albatta, biz energetiklar ushbu hujjatda belgilangan har bir vazifani bajarishga bor kuch-g‘ayratimizni safrlaymiz, – dedi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov.

Do‘stona va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbir yakunida ishtirokchilar Murojaatnoma bo‘yicha tayyorlangan videorolikni tomosha qildi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA