Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnoma: Agrosanoat sohasidagi vazifalar muhokama qilindi
16:36 / 2026-01-14

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” va “Adolat” SDP hamkorligida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, unda belgilangan agrosanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda partiya Markaziy apparati mas’ullari hamda Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi deputatlari ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida mamlakatning kelgusi taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi muhim maqsad-vazifalar ilgari surildi. Agrosanoat sohasiga oid belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetarli darajada yetkazish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Tadbir ishtirokchilari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat standartlariga qat’iy rioya etish, mahsulotlarni baholash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish masalalarida bir qator fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Tadbir davomida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” mutaxassislari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati ustidan nazorat, laboratoriya tekshiruvlari, xalqaro standartlarga muvofiqlik, mahsulot xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.  

Shuningdek, Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda siyosiy partiyalar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, agrosanoat sohasida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA