Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarning 120 dan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi
19:43 / 2024-09-27

FOTOREPORTAJ

Sharqiy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari uchun okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Farg‘ona harbiy prokurori, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

[gallery-19494]

Harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur sayyor va ommaviy qabulda 20 dan ortiq murojaat okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga va 30 ga yaqini Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ullariga kelib tushdi. Shuningdek, kun davomida okrug qo‘mondonligi, harbiy prokuratura, viloyat “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Farg‘ona davlat universiteti, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, bank mutaxassislari, viloyat “Oila va xotin-qizlar” bo‘limi, “Ishga marhamat” monomarkazi mas’ullari tomonidan 300 ga yaqin murojaat o‘rganib chiqildi.

Murojaatlarning 120 dan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar esa mutasaddilarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Sayyor qabul davomida murojaati bor har bir fuqaro bilan harbiy xizmatchilar yakka tartibda suhbat olib bordi. Suhbat davomida tibbiy xizmat, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini ko‘chirish hamda uy-joy masalasi ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, murojaatchilar uchun tibbiy ko‘rik va maslahat xizmati ko‘rsatildi. 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA