Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarni tez fursatlarda hal etish choralari ko‘rilmoqda
12:48 / 2023-05-18

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda. Byuroga kelib tushayotgan murojaatlar sektorlar kesimida tahlil qilinib, ularni kamaytirish maqsadida zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.

Xususan, 2023 yilning o‘tgan davrida ko‘rib chiqilgan 2825 ta murojaatlarning  2508 tasi hal etildi, shundan 1621 tasi yoki 65 foizi qanoatlantirildi. Murojaatlarni hal etish jarayonida 2 mlrd. 384 mln. so‘m mablag‘lar undirilib, 1621 nafar shaxslarning huquqi tiklanishi ta’minlandi.

Misol uchun, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro D.Raximovaning  fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor R.Gallyanovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro D.Raximovaning murojaati qanoatlantirilib, qarzdor R.Gallyanovdan 75 mln. so‘m miqdorida aliment summasi undirilishiga erishilgan.

Bundan tashqari, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 710 nafar aholining murojaatlari hal etilgan.

Tizimga kelib tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, 61 foizini aliment undiruvi bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etganligi sababli, bu sohadagi murojaatlarni kelgusida kamaytirish maqsadida chora-tadbir belgilab olindi.

Shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.  

M.Qosimova, O‘zA