French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarni koʻrib chiqishda 914 ta qonun buzilishi holati aniqlandi
17:54 / 2020-06-24

Natijada joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida jami 914 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.


Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi tomonidan davlat organlari va qator tashkilotlarda oʻrganish ishlari olib borildi.

Natijada joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida jami 914 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Ushbu holatlarning aksariyati murojaatchilarning arizalarini koʻrib chiqish muddati qoʻpol tarzda buzilganligidadir. Bunday huquqbuzarliklar 828 tani tashkil etmoqda. Bundan tashqari, 33 ta ortiqcha hujjatlarni talab qilishlik holati aniqlangan boʻlsa, 53 ta boshqa turdagi qonun buzilish holatlari sodir etilgan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlariga nisbatan 12 ta taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, 72 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va 29 ta ogohnomalar kiritilgan. Shuningdek, 66 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Shu oʻrinda aytadigan boʻlsak, bugungi kunda markazlar tomonidan aholiga sifatli, tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlari koʻrsatilayotgan bir vaqtda baʼzi bir mutasaddi davlat tashkilotlarining xizmat koʻrsatish tizimida bunday qonun buzilish holatlari sodir etilishi oʻsha tashkilotga, ayniqsa, markazlarga nisbatan aholining norozilik kayfiyati uygʻonishiga sabab boʻlmoqda.

Har bir davlat tashkiloti oʻz ishiga professional darajada yondashsa, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida tezkorlik va shaffoflikni joriy qilsa, albatta bu tashkilot xalq eʼtirofiga sazovor boʻlib, ularning koʻnglidan joy oladi. Bu esa, fuqarolarning bugunidan rozi, ertangi kuniga nisbatan ishonch bilan yashashida muhim oʻrin egallaydi.

Xafiz BOBOQULOV,
Davlat xizmatlari agentligi
Buxoro viloyati boshqarmasi
boʻlim boshligʻi