French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topilmoqda
23:10 / 2021-05-11

bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib, qonuniy hal etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirilgan bo‘lib, bu borada huquqiy asoslar yaratilgan. Murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topilmoqda.

Binobarin, Konstitutsiyamizning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Ushbu konstitutsiyaviy qoidani, shuningdek, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar bojxona boshqarmasida ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Tahlillarga nazar tashlasak, 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida boshqarmada 114 ta murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularning soni o‘tgan yillarning ayni shu davriga nisbatan ancha kamayganini ko‘rishimiz mumkin.

Murojaatlarning 49 tasi jismoniy shaxslar, 65 tasi yuridik shaxslar tomonidan berilgan bo‘lib, shundan 63 tasi elektron tarzda va 51 tasi og‘zaki shaklda taqdim etilgan.Ko‘rib hal etilgan murojaatlarning 38,6 foizi o‘z vaqtida qanoatlantirilib, 55,3 foizi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. Qolganlari esa tegishliligi bo‘yicha boshqa organlarga yuborilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari va imtiyozlar masalalariga taalluqlidir. Aytish o‘rinliki, har bir murojaat ortida inson taqdiri borligi shaxsiy tarkibga tushuntirib borilmoqda. Natijada murojaatlarning 95,6 foizi 10 kundan oshmagan muddatda ko‘rib hal etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar yurtimizda har bir insonning munosib turmush kechirishiga ko‘maklashishdek olijanob maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun doirasidagi tizimli ishlar ham ana shu maqsad ro‘yobiga xizmat qilmoqda.

Ra’no XOSHIMOVA,

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 

Murojaatlar bilan ishlash guruhi bosh inspektori