Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarga mas’uliyatsiz bo‘lgan xodimlarga chora ko‘rildi
16:50 / 2021-11-29

Buxoro viloyati Peshku tumani Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 759 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 ming 520 tasi hududiy tashkilotlarga, 239 tasi yuqori tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Murojaatlarning 75 foizi ijobiy hal etilgan.

Qolganlariga huquqiy tushuntirish berilgan. 56 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

– Prezidentimizning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Peshku tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri H. Rahmonov. –  Ommaviy sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning aksariyati hal etildi. Ayrimlariga tushuntirishlar berildi.

– Farzandlarim Avdeni qishlog‘idagi maktabga olib borish uchun asosiy yo‘ldan qatnayotgan edi, – deydi Peshku tumani Ibn Sino MFY Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Z.Safarov.  – Asosiy yo‘lda piyodalar o‘tish joyida (zebra) chiziq belgilari o‘chib ketganligi sababli ushbu chiziqlarni qayta chizilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatim yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ijobiy hal qilindi.

– Tuman prokurori, 2-sektor rahbarining sayyor qabulida bo‘lib ish bilan ta’minlanishimga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi Peshku tumani Ibn-Sino MFY Avdeni qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Ochilov. – Ayni kunda tumandagi 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘t yoquvchi vazifasiga qabul qilindi.

Murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun davlat organlari xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organlariga 41 ta taqdimnoma,  1 ta taklif kiritildi.

Taqdimnomaga asosan 44 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, shundan 15 nafariga ogohlantirish, 27 nafariga hayfsan berilgan. 1 nafarini oyligidan 10 foiz ushlab qolingan hamda 1 nafar fuqaro bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Zarif Komilov, O‘zA