Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlarga e’tibor qaratilib , muammolarga yechim izlandi
16:48 / 2026-02-27

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni bevosita tinglash va ularga qonuniy yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning 26-fevral kuni Kengashning bir guruh sudyalari Jizzax viloyatida sayyor qabul o‘tkazishdi.

Viloyat Xalq qabulxonasi binosida tashkil etilgan qabulda chekka hududlarda istiqomat qiluvchi 14 nafar fuqaro o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaatlar Kengash a’zolari va Jizzax viloyati sudi rahbariyati tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida murojaatchilarning arzlari tinglanib, amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Ikki murojaat yozma ariza sifatida rasmiylashtirilib, qo‘shimcha o‘rganish va huquqiy baho berish uchun nazoratga olindi. To‘qqiz murojaat bo‘yicha zarur huquqiy izohlar shu joyning o‘zida taqdim etildi. Uch masala esa ijobiy hal qilindi.

Bunday sayyor qabullar murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, muammolarni chuqur tahlil qilish va odil sudlov tamoyillarini amalda ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, fuqarolarning sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri