French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar tuman hokimi nazoratida
16:45 / 2021-11-13

Qiziltepa tuman hokimi vazifasiga tayinlangan Ulug‘bek Fayziyev birinchi ish kunida viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov bilan birgalikda tuman markazidagi "Nafosat" madaniyat uyida “Sayyor qabul” o‘tkazdi.

Qabul davomida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnomasi asosida tahsil olayotgan, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 10 nafar yoshga "Yoshlar jamg‘armasi" tomonidan shartnoma to‘lovining 50 foizi miqdorida to‘lab berilganligi haqida sertifikatlar, subsidiya asosida ishsiz, kasb-hunarga o‘qitilgan, o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 10 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari, 8 nafar yigitga payvandlash usukunasi topshirildi.

Qabul davomidagi har bir murojaat nazoratga olinib, ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha sektor rahbarlariga, mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.  

O‘zA