Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar qat’iy nazoratda
16:00 / 2023-08-14

Jizzax viloyati prokuraturasi mas’ullari tomonidan Forish tumani 2-sektor hududiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi, tuman hokimligi, sektorlar hamda mutasaddi viloyat va tuman tashkilotlarining rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari “beshligi” hamda 2-sektor hududidagi mahallalar vakillari ishtirok etdi.  

Unda viloyat prokurorining o‘rinbosari Aziz Esirgapov so‘zga chiqib aholi murojaatlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning murojaatlar bilan ishlash borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.  

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan – ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, maktab uchun qo‘shimcha bino qurishda amaliy yordam ko‘rsatish, uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ko‘mir va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, bandlik va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.  

Aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaat, shu vaqtning o‘zida mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va muammolarni bartaraf etish maqsadida tuzilgan mutasaddi sohalar mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi brigadasi a’zolari bilan hududga borib muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.  

– Har bir murojaat ortida bitta va hatto bir nechta taqdirlar mujassam. Ushbu qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaatning ijrosi belgilangan muddatda, o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi shart va lozim. Har bir murojaat viloyat prokuraturasining qat’iy nazoratida bo‘ladi, – dedi Jizzax viloyati prokurorining o‘rinbosari Aziz Esirgapov.  

Mazkur sayyor qabul davomida 2-sektor hududidagi mahallalar aholisi uchun Forish tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, bir qator ishtirokchilar yangi ish joylariga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalarga ega bo‘ldi.  

A.Qayumov,

J.Yorbekov (surat), O‘zA